Hangzhouda qor
25-yanvar.
Hangzhouda qor. Ha, bu alohida
urg`u berishga arzirli hodisa, chunki bu shaharda qor kamdan kam yog`ar ekan.
Shu yerda 3 yildan beri o`qiyotgan malayziyalik do`stlarim bugun qorni hayotida
ilk marta ko`rishdi. Ularning qanchalik xursand ekanliklarini ijtimoiy
tarmoqlardagi shaxsiy sahifalaridan ham bilib olish mumkin. Tarmoqda kunning
asosiy fotoalbomlari qor bilan to`ldi.
Indoneziyalik kursdoshim ham umrida qorni ko`rmagan
ekan. Tushlik vaqtida undan ilk taassurotlarini so`radim. “Ajoyib” – uning
xursandchilik bilan aytgan birinchi ta’rifi shunday bo`ldi. Darsdan so`ng,
ayrim “qor ko`rgan” do`stlarim bilan “ko`rmagan”lariga qorbobo yasash va qor
bo`ron o`ynash qanday bo`lishini o`rgatib qo`ydik.
Bu yil qish Xitoyda so`nggi bir necha yil ichidagi eng
sovug`i bo`lmoqda deya ta’kidlashmoqda shu yerlik talabalar. Rostdan ham,
o`tgan yillar mobaynida deyarli yog`magan qor bu gal go`yo hammasini bir qilib
yog`ayotgandek, bir necha kun tinmadi. Lekin shu yerliklar bundan faqatgina
xursand bo`lishmoqda. Ko`chalarni to`ldirib turgan xursand kayfiyatdagi
qorbolalar ham buni yaqqol isbotlab turibdi.
(Qorni umrida ilk bor ko`rgan odamni men ham umrimda ilk bor ko`rdim ))
Комментариев нет:
Отправить комментарий