“Native speaker”
[12.01.18]
“Native speaker”, ya’ni, ingliz tili ona tilisi
bo`lgan o`qituvchilar Xitoyda, ayniqsa, hozirgi kunda eng ko`p muhokama
qilinayotgan mavzulardan biri bo`lib qoldi. Sababi, bu yerda ingliz tilini
o`rganishga bo`lgan ehtiyoj har qachongidan-da kuchli. Ota onalar o`z
farzandlarining ingliz tilini mukammal o`rganishlari uchun qurbi yetganicha
harakat qilishmoqda. Biroq, xitoyliklar orasida xorijliklar haqida qat’iy
shakllanib qolgan stereoptiplar mavjud. Ularning fikricha, ingliz tilini faqat
oq tanli mallasoch “native speaker” lar yaxshi o`rgata olishadi. Shuning uchun,
aksariyat e’lonlarga qarasangiz nomzodlardan oq tanli va faqatgina bir nechta
ingliz tilida so`zlashuvchi davlatlar fuqarolari (UK, USA, Canada, Australia,
New Zealand) bo`lishi lozim degan talablarga ko`zingiz tushadi. Bu esa albatta
boshqa davlatlardan kelgan, ingliz tilini mukammal biluvchi xorijliklar hamda
qora tanli “native spearker” larning g`ashiga tegadi. Ayrim joylarda tilning
grammatik qoidalarini bilmasa ham, umrida birovga bir harf o`rgatib ko`rmagan
bo`lsa ham “native speaker” bo`lsa bo`ldi qabilida ish tutishadi. Bundan kelib
chiqadiki, u yerda o`qituvchining malakasi va tajribasidan ko`ra tashqi
ko`rinishi muhimroq.
Albatta, pedagogika diplomiga ega bo`lgan, yuqori
tajribaga ega, malakali native speaker ingliz tilini boshqa har qanday o`qituvchidan
ko`ra yaxshiroq o`rgatishi mumkin. Lekin bunday mutaxassislarni hamma yerda ham
topish qiyin. Hamma native speakerlar ham bunday malakaga ega emas.
Bu borada e’tiborimni tortgan qiziqarli jihatlardan
biri shundaki, men taniydigan ingliz tilida juda ravon so`zlashuvchi
xitoyliklarning hech biri bu tilni native speakerdan o`rganmagan ekan. Bizda
ham shunday holat, hozirda O`zbekistonlik yoshlarning ko`pchiligi ingliz tilini
mukammal o`zlashtirmoqda; Universitet, litsey, kollej va hatto ayrim maktab
o`quvchilari ingliz tili ko`nikmalarini baholab beruvchi IELTS/TOEFL/CEFR kabi
imtihonlarda native speakerlarning o`zlari ham erishishi qiyin bo`lgan ballarni
olishmoqda. Vaholanki, ularning deyarli barchasi bu tilni O`zbekistondagi o`quv
markazlarida, o`zbekistonlik o`qituvchilardan o`rganishmoqda. Shu misollarning
o`zi ham yuqoridagi stereotip noto`g`ri ekanligini isbotlash uchun yetarli
bo`ladi.
Yana bir jihati, Xitoyda xorijlik ingliz tili
o`qituvchilariga juda yuqori haq to`lanadi. Aynan shuning uchun ham bu mavzu
xorijliklar orasida doim qizg`in muhokama qilinadi. Dastlabki vaqtlarda men
vakansiya e’lonlarini kuzata turib, bu shaharda oylik maoshlar ancha yuqori
ekan degan fikrga kelgandim. Darhaqiqat, Hangzhou shahri Xitoydagi eng boy
shaharlardan biri hisoblanadi. Ko`p e’lonlarda o`qituvchilar uchun minimal ish
haqi 10-15 ming yuan deya ko`rsatilgan. Bundan tashqari yillik ta’tillar,
sayohat uchun ajratmalar, bepul turar joy, turli xil qo`shimcha bonuslar bilan
20 ming yuandan ortiq. Lekin keyinchalik bu yerdagi o`rtacha ish haqi
xitoyliklarning o`zlari uchun unchalik baland emasligini bildim. O`rtacha
ko`rsatkich 4,5-5 ming yuanni tashkil qilar ekan. Shuning uchun ham,
xorijliklarning ingliz tili o`qituvchisi bo`lib ishlash istagi kuchli.
Quyida qiziqqanlar uchun shu kabi e’lonlardan bir
nechtasini namuna tariqasida keltirib o`taman.
Full time small class English teacher needed in : Xian,Changsha,Ningbo,
Qinhuangdao, Hangzhou
White Native English speakers only
Location: Xian,Changsha,Ningbo, ,Qinhuangdao, Hangzhou
Working time: Wed-Sun
Salary:15-20K
Start date:ASAP
Visa: work visa provided
Wechat/cell phone/Skype/Whatsapp:+8618633057943
If you are interested in it please send your cv and
self-introduction video.
Beijing English Teachers Wanted in Training Centers
Position1: -Location: MaJiaBao( line4/Daxing line)
-Need: one male/female teacher
Salary: 12k +
Candidates Requirements:
1. European faced teachers with good
pronunciation
2. With experience in teaching kids will be
better
3. Responsible, outgoing, friendly, hardworking
and easy to work with
Working time:
-Wed-Fri: 1pm-8:30pm -Sat&Sun: 8:30am-6pm
Contact Info:
Комментариев нет:
Отправить комментарий