XITOYDAGI AYRIM NARXLAR
[08.10.17
15:27]
Dastavval Xitoy davlati pul birligi yuan haqida ozroq
ma’lumot berib o`tmoqchiman. Yuan yoki Renminbi (RMB) ning so`mga nisbatan
qiymati bugungi kurs bo`yicha 1293 so`mga teng ekan. 1 AQSH dollari esa – 6,28 yuanni
tashkil qilmoqda. So`nggi ko`rsatkichlarga qaraydigan bo`lsak, dollar kursi
yuanga nisbatan qadrsizlanib bormoqda.
Yuanning 1, 5, 10, 20, 50, 100 qiymatdagi kupyuralari
bor. Har bir kupyuraning old qismida Mao Sze Dunning tasviri tushirilgan. Orqa tarafida esa, Xitoyning eng mashhur
diqqatga sazovor joylari tasvirlangan. Shuning uchun xitoyliklar orasida “186
yuanlik sayohat” degan jumla bor. Barcha nominaldagi kupyuralarning yig`indisi
aynan shunchaga teng. Bu Xitoyning deyarli barcha yerida sayohatda bo`lganlikni
anglatadi. Shundan kelib chiqadigan bo`lsak, hozircha men bor yo`g`i “1 yuan” lik sayohat qilibman. Chunki, 1
yuanda tasvirlangan “West lake” (G`arbiy ko`l) aynan men hozir yashayotgan
Hangzhou shahrida.
Xitoyda asosiy to`lovlar smartfon yordamida 2 xil
mobil ilova: Alipay yoki Wechat orqali amalga oshiriladi. Naqd pul kamdan kam
ishlatiladi. Bu yerda ko`pchilik naqd pulni bankomatlar orqali o`z hisob
raqamiga tushirib olayotganining guvohi bo`lish mumkin.
Endi ayrim narxlarga to`xtalib o`tsak, jamoat
avtobuslarida bir martalik yo`lkira haqi asosan 2 yuan (uzoqroq yo`nalishlarda
narx qimmatroq bo`lishi mumkin). Avtobuslarga faqat old eshikdan chiqiladi,
orqa eshikdan tushiladi. Kirish eshigida maxsus moslama 2-3 xil usuldagi
to`lovlarni qabul qiladi. Shuning uchun, hech bir avtobusda bizdagidek
konduktorlar yo`q. Avtobusning ichi bir nechta kuzatuv kameralari bilan
jihozlangan. Shuning uchun ularda “quyon” lar ham deyarli uchramaydi.
Metropolitendan foydalanish narxi boradigan
manzilingizga qarab farqlanishi mumkin. 2 yuandan 7 yuangacha. To`lov tizimi
ham juda qulay, bir necha xil vositalar orqali amalga oshiriladi. Shulardan eng
maqbuli yana o`sha – Alipay.
Taksi xizmati bu yerda nisbatan qimmat. Yashil rangli
taksilarga o`tirishingiz bilan, taksometr ishga tushiriladi va u boshlang`ich
narx – 11 yuanni ko`rsatib turadi. Taxminan 2 kilometrlardan so`ng bu narx o`sa
boshlaydi. Manzilingiz 7-8 kilometr uzoqlikda bo`lsa, yo`lkira o`rta hisobda
30-35 yuanni tashkil qiladi. Bu narxlar ham kunning qaysi qismida yurishingizga
qarab o`zgarishi mumkin. Chunki yo`llardagi tiqilinch paytida kutishga
saraflangan vaqt ham taksometrda yozilib boradi va narxga ta’sir qiladi.
Boshqa shaharlarga
poyezdda sayohat qilmoqchi bo`lsangiz, bir necha xil tanlovga ega bo`lasiz.
Ular asosan tez yurar va oddiy poyezdlar, hamda ularning har biridagi
qulayliklariga qarab ajratilgan tarifflar. Chipta narxlari har doim har xil
bo`ladi deyish mumkin. Chipta sotib olishga ko`maklashuvchi o`nlab mavsus mobil
ilovalar hamda internet websaytlari mavjud. Siz ularda chiptalarning narxlarini
solishtirib borishinigiz ham mumkin. Oddiy poyezd tezyurar poyezdga nisbatan
deyarli ikki barobar arzonroq va shunga yarasha manzilga ancha sekin yetib
boradi. “Qu nar” nomli ilova hozirda eng ko`p foydalanuvchiga ega bo`lib, unda
istalgan yo`nalishga istalgan transport vositasi orqali maxsus chegirma bilan
o`zingiz xohlagan vaqtga chiptaga buyurtma berishingiz mumkin. Davomi bor...
Комментариев нет:
Отправить комментарий